35-modda. Sanoat mulki obyektlarini yaratish va ulardan foydalanishda koʻmaklashgan shaxslarga mukofot puli toʻlash
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida (1062-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Patent egasi (litsenziar) oʻz xizmat vazifalarini bajarish davomida yoki shartnoma asosida ishlab, sanoat mulki obyektlarini yaratish, ulardan foydalanish, ularga litsenziya sotishga koʻmaklashgan shaxslarga (shu jumladan mazkur korxonada ishlamayotgan shaxslarga) mukofot puli toʻlashga haqlidir.
Mukofot puli sanoat mulki obyektidan foydalanish boshlangan yoki litsenziya sotish natijasida toʻlov mablagʻlari tushgan sanadan boshlab ikki yil mobaynida quyidagilar hisobidan toʻlanadi:
obyektdan foydalanishdan tushgan foyda (daromad);
obyektga toʻgʻri kelgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi;
litsenziya toʻlovlari.
Litsenziya shartnomasi boʻyicha mukofot puli litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan toʻlov valyutasida toʻlanishi mumkin.
