34-modda. Ixtiro mualliflariga mukofot puli berish
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida (1062-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Patent egasi boʻlmagan sanoat mulki obyektining muallifi (mualliflari) mazkur obyektdan foydalanilganligi yoki unga doir litsenziya sotilganligi uchun mukofot puli olishga haqlidir (haqlidirlar), haq miqdori va uni toʻlash shartlari va tartibi ish beruvchi, patent egasi yoki ularning huquqiy vorisi bilan tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi.
Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilish muddati mobaynida sanoat mulki obyekti muallifiga quyidagilar hisobidan haq toʻlaydi:
obyektdan foydalanganlikdan keladigan foyda (daromad);
obyektga toʻgʻri kelgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi;
litsenziya toʻlovlari.
Litsenziya shartnomasi boʻyicha mukofot puli litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan toʻlov valyutasida toʻlanishi mumkin.
