26-modda. Patent bojlari
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida (1062-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Patent yoki dastlabki patent bilan bogʻliq boʻlgan yuridik harakatlar va tadbirlar amalga oshirilganligi uchun patent boji undiriladi.
Patent boji olinadigan harakatlar va tadbirlar roʻyxati, ularning miqdori va toʻlash muddati, boj toʻlovidan ozod qilish, boj miqdorini kamaytirish yoki olingan bojni qaytarib berishning asoslari Patent idorasi tomonidan Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Bojlar talabnoma beruvchi, patent egasi, shuningdek boshqa manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari bojlarni milliy pul birligida toʻlaydilar. Boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari bojlarni, basharti, xalqaro shartnomalar va bitimlarda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, chet el valyutasida toʻlaydilar.
Patent yoki dastlabki patentni kuchda saqlab turish bojini toʻlash uchun patent egasiga qoʻshimcha boj toʻlash sharti bilan olti oylik imtiyozli muddat beriladi.
Patent yoki dastlabki patentning kuchini saqlab turish uchun boj va qoʻshimcha boj imtiyozli muddat davomida toʻlanmasa, sanoat mulki obyektiga boʻlgan mutlaq huquq yoʻqoladi, patent, yoki dastlabki patent esa belgilangan muddat tugagan kundan boshlab bekor qilinadi.
