25-modda. Patent va dastlabki patent berish
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida (1062-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Patent va dastlabki patent berish ular roʻyxatga olinganligi haqidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilinganidan soʻng uch oy oʻtgach, Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Patent va dastlabki patent Oʻzbekiston Respublikasi nomidan beriladi hamda Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Patent yoki dastlabki patent bir necha kishi nomiga soʻralganda bitta muhofaza hujjati beriladi.
Sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquqni Intellektual mulk davlat fondiga topshirgan obyekt muallifiga Patent idorasi uning muallifligini tasdiqlovchi hujjat beradi.
Muhofaza hujjati shaklini va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibini Patent idorasi belgilaydi.
Berilgan muhofaza hujjatidagi koʻzga yaqqol tashlanib turgan va texnik xatolarni patent egasining talabi boʻyicha Patent idorasi tuzatadi.
