1-modda. Fuqarolarning murojaatlari
Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida (1064-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ishtirok eta borib, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida oʻzlariga berilgan huquqlar va erkinliklarni roʻyobga chiqara borib:
oʻzlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoyalab murojaat qilishga;
davlat va jamoat birlashmalarining vakolatli organlari buzilgan huquqlarini tiklashiga haqlidirlar.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boshqa shaxslar va tashkilotlarning foydasini koʻzlab murojaat qilishlari mumkin.
Murojaatlar yakka tartibda yoki jamoa boʻlib ifodalangan boʻlishi mumkin hamda ogʻzaki yoki yozma shakldagi taklif, ariza yoxud shikoyat koʻrinishida kiritiladi.
Basharti respublika qonun hujjatlarida fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishning boshqa tartibi nazarda tutilgan boʻlsa, murojaatlar ushbu Qonunga muvofiq qarab chiqilmasligi lozim.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu Qonunga muvofiq murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Xorijiy davlatlar fuqarolarining murojaatlari, basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida ularni qarab chiqishning oʻzga qoidalari nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Qonunda belgilangan tartibda qarab chiqiladi.
