9-modda. Hokimiyat mahalliy organlarining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Yer osti boyliklari toʻgʻrisida (2018-XII-son) · Sana: 23.09.1994 · Kuchini yo'qotgan
Konchilik munosabatlari sohasida hokimiyat mahalliy organlarining vakolatlari jumlasiga:
oʻz hududida mineral xomashyo bazasini rivojlantirish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish, mineral resurslardan oqilona va kompleks foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda qatnashish, ularning roʻyobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
yer maydonlari ajratib berish;
yer osti boyliklaridan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni tekshirish hamda nazorat qilish;
ushbu Qonun talablari buzilgan taqdirda yer osti boyliklaridan foydalanish ishlarini toʻxtatib qoʻyish kiradi.
