10-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish turlari
Yer osti boyliklari toʻgʻrisida (2018-XII-son) · Sana: 23.09.1994 · Kuchini yo'qotgan
Yer osti boyliklari:
geologik jihatdan oʻrganish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, shu jumladan neft, gaz, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini koʻmish uchun inshootlar qurish hamda ulardan foydalanish;
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash;
davlatning oʻzga ehtiyojlari va jamoat ehtiyojlarini taʼminlash uchun foydalanishga berib qoʻyiladi.
