25-modda. Ovoz berish yakunlari bayoni
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida (417-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Ovozlarni hisoblab chiqish yakunlari uchastka komissiyasining majlisida muhokama qilinadi hamda ikki nusxada tuziladigan bayonga kiritib qoʻyiladi.
Bayonlar siyohli yoki sharikli ruchka bilan toʻldiriladi, uchastka komissiyasining hamma aʼzolari tomonidan imzolanadi va muhr bosib tasdiqlanadi. Agar bir necha referendum oʻtkazilgan boʻlsa, ularning har biri boʻyicha alohida-alohida bayon tuziladi.
Bayonning birinchi nusxasi okrug komissiyasiga olib boriladi, ikkinchisi uchastka komissiyasida saqlab qoʻyiladi.
Okrug komissiyasi uchastka komissiyalarining bayonlari asosida olingan maʼlumotlarni jamlaydi, ularni tekshiradi va muhokama qilganidan soʻng yakunlovchi bayonni ikki nusxada tuzadi va imzolab, muhr bosib tasdiqlaydi, ulardan birinchisi darhol referendum oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga joʻnatib yuboriladi yoki boshqa yoʻl bilan yetkaziladi.
Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari ovozlarni hisoblab chiqqanlaridan keyin bayonlarning nusxalarini va byulletenlarni, shu jumladan bekor qilingan byulletenlarni muhrlangan holida tegishli xalq deputatlari Sovetlariga topshiradilar. Bu erda ular ikki oy mobaynida saklanadi, soʻngra agar bu vaqt ichida referendum natijalariga norozilik bildirilmagan boʻlsa, yoʻq qilib yuboriladi.
