20-modda. Referendum oʻtkaziladigan okrug va uchastkalar
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida (417-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi referendumi oʻtkaziladigan okrug referenum oʻtkazuvchi komissiya tomonidan viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi chegaralarida tuziladi. Okruglarning chegaralari va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalari joylashgan yer koʻrsatilgan roʻyxatlar referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya tomonidan referendum tayinlanganidan kechi bilan 10 kun ichida matbuotda bosib chikariladi.
Referendumda ovoz berishni oʻtkazish va ovozlarni hisoblab chiqish uchun nohiyalar, shaharlar va shaharlardagi nohiyalarning hududi uchastkalarga boʻlinadi. Uchastkalar harbiy qismlarda ham tuziladi. Sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa doimiy davolash muassasalarida, olib borish qiyin boʻlgan joylardagi fuqarolar yashaydigan yerlarda uchastkalar tuzilishi mumkin. Referendum oʻtkaziladigan uchastkalarni tuzish tartibi va normasi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq belgilanadi.
