18-modda. Referendum oʻtkazuvchi komissiya
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida (417-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun:
a) referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya;
b) referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalari;
v) referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tuziladi.
Referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning vakolatlari ular tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va referendum natijalari eʼlon qilingan paytdan bir oy oʻtgach toʻxtatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiyasi vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.
Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini oʻtkazuvchi tegishli saylov komissiyalarini tuzish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda tuziladi. Okrug komissiyalari referendum tayinlash toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta ichida, uchastka komissiyalari esa uch hafta ichida tuzilishi kerak.
