15-modda. Yakuniy protokol
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida (417-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Imzolar toʻplash tugagach tashabbuskor guruh yakuniy protokolni tuzadi, unda guruh roʻyxatga olingan sana, imzolar toʻplash tugagan sana, toʻplangan imzolar soni koʻrsatiladi. Bu protokol tegishli Sovet yoki uning rayosati muhr bilan tasdiqlanadi hamda referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnoma bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga yoʻllanadi. Oliy Kengash Rayosati zarurat boʻlganda oʻn kun ichida olingan hujjatlarni tekshirib koʻrishi mumkin. Imzo varaqalarida bir fuqaroning ikki va undan ortiq imzosi aniqlangan taqdirda uning birorta ham imzosi hisobga olinmaydi.
Referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomada referendumni oʻtkazish zarurligi asoslangan boʻlishi, referendumga kiritilayotgan masalalar, qonun yoki oʻzga qaror loyihasining aniq taʼrifi boʻlishi zarur.
Imzo varaqalari tashabbuskor guruhni roʻyxatga olgan xalq deputatlari Sovetiga saqlash uchun beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tashabbuskor guruhdan olingan materiallarni qayd etadi, ulardagi maʼlumotlarni umumlashtiradi va ushbu Qonun talablariga rioya etilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tegishli qoʻmitalari va komissiyalari xulosasini hisobga olib turib referendum tayinlash masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasining kun tartibiga kiritadi.
