11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining referendum oʻtkazishni talab qilish huquqlarini amalga oshirishlari
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida (417-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Agar referendumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomaga referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan kamida toʻrt yuz ming nafar fuqaro imzo chekkan boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari referendum oʻtkazish tashabbusi huquqini amalga oshiradilar. Basharti, fuqarolarning imzolari ushbu Qonunni buzmay toʻplangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi referendum tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majburdir.
Referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomaga imzo toʻplash tashabbusi huquqi Oʻzbekiston Respublikasining referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan har bir fuqarosiga yoki bir guruh fuqarolariga tegishlidir. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari imzolarni toʻplash huquqidan ixtiyoriy tarzda va mustaqil foydalanadilar.
Ushbu Qonun talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan tuziladigan referendum tashabbuskor guruhlari imzolar toʻplashni tashkil etadilar va amalga oshiradilar.
