“60-modda. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchi pensionerlarga pensiyalar toʻlash
Aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1066-son) · Sana: 19.05.2025 · Amalda
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchi yolgʻiz pensionerlarga pensiya va ularning taʼminoti uchun sarf-xarajat oʻrtasidagi farq toʻlanadi, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 20 foizi toʻlanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun ijtimoiy koʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchi pensionerlarga pensiya toʻlanmaydi”;
18) 63-moddaning:
nomidagi “va dafn etish uchun nafaqa toʻlash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida uni olish uchun murojaat etilgan taqdirda toʻlanadi”;
19) 64-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 65-modda:
birinchi qismining “b” bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 66-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonunga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Pensiya jamgʻarmasini shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Pensiyalarni toʻlash uchun Pensiya jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan transfertlar ajratilishi mumkin”;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
