“45-modda. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlarni va maʼlumotlarni koʻrib chiqish muddatlari
Aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1066-son) · Sana: 19.05.2025 · Amalda
Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza va soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
Pensiyani fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlash toʻgʻrisidagi masala fuqaro ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan kunning oʻzida koʻrib chiqiladi.
Pensiya tayinlangan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlangan kunning oʻzida pensionerga pensiyaning turi, miqdori va pensiya tayinlash muddati toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlash rad etilganda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shu kunning oʻzida fuqaroga pensiya tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi.
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tegishli qaror chiqarilganidan keyin besh kundan kechiktirmay arizachiga pensiya tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini koʻrsatgan holda xabarnoma beradi yoki joʻnatadi hamda bir vaqtning oʻzida barcha hujjatlarni qaytaradi.
Agar pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, soʻrovnoma toʻldirgan holda berilgan boʻlsa, pensiya tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kunning oʻzida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlash rad etilganligi haqida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini koʻrsatgan holda xabar yuboradi”;
12) 46-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 47-modda:
kuyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Qonun 431-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, pensiya pensiya yoshiga yetgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu Qonunning 431-moddasiga asosan tayinlangan pensiyani rad etgan fuqaro pensiya tayinlashni soʻrab takroran murojaat qilganda pensiya tayinlash muddati ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda belgilanadi”;
