9-modda. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida (O‘RQ-1036-son) · Sana: 24.02.2025 · Amalda
Davlat ekologik ekspertizasi moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash va davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan oʻtkaziladi.
Buyurtmachi (tashabbuskor) davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berishi mumkin. Bu holda ekologik ekspertiza tugallangan kundan eʼtiboran bir oy ichida uning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadi.
Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berishi va uning natijalari haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart boʻlgan davlat ekologik ekspertizasi obyektlarining roʻyxati qonunchilikda belgilanadi.
