8-modda. Ekologik ekspertiza obyektlari
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida (O‘RQ-1036-son) · Sana: 24.02.2025 · Amalda
Ekologik ekspertiza obyektlari quyidagilardan iborat:
barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va (yoki) ajratish materiallari;
loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan texnik reglamentlar va shartlarning, standartlarning, qoidalar hamda yoʻriqnomalarning loyihalari;
chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish boʻyicha hujjatlar;
atrof-muhitning holatiga va inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda boshqa obyektlar;
maxsus huquqiy rejimga ega boʻlgan obyektlar.
Ekologik ekspertiza obyektlari atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha uch toifaga boʻlinadi va ularning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
