4-modda. Ekologik ekspertizaning, atrof-muhitga taʼsirni baholashning va strategik ekologik baholashning maqsadlari
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida (O‘RQ-1036-son) · Sana: 24.02.2025 · Amalda
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash;
moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhit holatiga hamda inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yoki salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga va inson sogʻligʻiga salbiy taʼsirining oldini olish hamda uni kamaytirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarning yetarliligini hamda asosliligini aniqlash.
