755-modda. Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish — Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1026-son)
755-modda. Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish
Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1026-son) · Sana: 11.02.2025 · Amalda
Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga omonatlar (depozitlar) toʻliq qaytarilgandan va (yoki) omonatlarga (depozitlarga) kiritilgan pul mablagʻlarini qaytarish boʻyicha majburiyatlar boshqa bankka oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish uchun ariza beruvchi mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nobank kredit tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Markaziy bank tomonidan mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank litsenziyani chaqirib oladi.
Mikromoliya banki mikromoliya bankining faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga rozilik berish toʻgʻrisidagi Markaziy bankning qarori asosida qayta roʻyxatdan oʻtish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi.
Davlat xizmatlari markazi mikromoliya tashkiloti qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga mikromoliya tashkiloti qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritadi.
Markaziy bank Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga oʻzgartirishlar kiritilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida mikromoliya banki toʻgʻrisidagi yozuvni Banklarning davlat reyestridan chiqaradi va mikromoliya tashkilotini hisob roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi.
Mikromoliya banki faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etilgan mikromoliya tashkiloti hisob roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki yil ichida oʻz faoliyatini mikromoliya tashkilotlari faoliyati uchun belgilangan talablarga muvofiqlashtirishi shart”;
17) 77-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaziy bank tomonidan mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirishga rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda”;
toʻqqizinchi xatboshisi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar) 1-ilovasining 13-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-aprelda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-765-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 114-modda, № 9, 965-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari tashkil etilgan yoki tashkil etilayotgan banklarning yoxud nobank kredit tashkilotlarining firma nomlari bilan chalkashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan firma nomlaridan foydalanish taqiqlanadi, bundan nobank kredit tashkilotlarining ularni tashkil etgan banklarning yoki aksiyadorlarning ular tashkil etgan banklarning firma nomlaridan foydalanishi, shuningdek oʻz faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirgan mikromoliya tashkilotlari foydalanishi mustasno”;
2) 24-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirilganda”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 38-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 755-modda. Mikromoliya banki faoliyatini mikromoliya tashkiloti faoliyatiga oʻzgartirish Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1026-son). neolex.uz/uz/laws/law-7373975/755 (lex.uz/docs/-7373910)