754-modda. Bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish
Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1026-son) · Sana: 11.02.2025 · Amalda
Bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish bankka berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
aksiyadorning (aksiyadorlarning) bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorini;
mikromoliya bankining ustavini ikki nusxada;
aksiyadorlar roʻyxatini;
mikromoliya bankining kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari toʻgʻrisidagi ularning ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni;
mikromoliya banki joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy taʼminotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasini — bankning joylashgan yeri oʻzgargan yoki uning binosi rekonstruksiya qilingan taqdirda;
mikromoliya bankining ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni;
ushbu qismning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida sanab oʻtilgan hujjatlarning elektron shakldagi koʻchirma nusxalarini.
Arizani koʻrib chiqish va ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor etish bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda ushbu Qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
bank tomonidan oxirgi olti oy davomida prudensial normativlarga rioya etilmaganligi;
