7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kosmik faoliyat sohasidagi vakolatlari
Kosmik faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-1017-son) · Sana: 13.01.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
kosmik faoliyat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
kosmik faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
foydalanishdan chiqarilgan kosmik obyektlarni va texnik vositalarni utilizatsiya qilish tartibini belgilaydi;
kosmik faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
