4-modda. Kosmik faoliyatning asosiy prinsiplari
Kosmik faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-1017-son) · Sana: 13.01.2025 · Amalda
Kosmik faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
mamlakatning ilmiy-texnik salohiyatidan va kosmik faoliyat imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
kosmik texnologiyalardan foydalangan holda sohalarning raqamlashtirilish darajasini hamda shaffofligini oshirishga koʻmaklashish;
teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik asosida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
kosmik faoliyatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash va uni ragʻbatlantirish;
kosmik faoliyatni amalga oshirishda ekologik talablarga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga doir talablarga rioya etilishi ustuvorligi.
