25-modda. Yer usti kosmik infratuzilmasi obyektlari
Kosmik faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-1017-son) · Sana: 13.01.2025 · Amalda
Yer usti kosmik infratuzilmasi obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
ilmiy-texnik va tajriba-eksperimental kosmik tadqiqotlar bazasi;
kosmik faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan kosmik texnologiyalar va kosmik raketa komplekslarini ishlab chiqarish vositalari;
kosmodromlar;
kosmik raketalardan ajralib chiquvchi qismlarning qulash hududlari;
kosmik obyektlarni yerdan boshqarish komplekslari;
kosmik obyektlardan maʼlumotlarni olish, ularga ishlov berish va ularni tarqatish uchun moʻljallangan yer usti majmualari;
kosmik faoliyatda foydalaniladigan boshqa yer usti inshootlari va texnika vositalari.
Yer usti kosmik infratuzilmasining xavfsizligini va undan xavfsiz foydalanilishini taʼminlash uchun qoʻriqlanadigan yer uchastkalari tashkil etiladi.
