29-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari
Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida (O‘RQ-1015-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Foydalanuvchilar:
telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan, xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari roʻyxatdan oʻtkazilgan mobil qurilmalardan foydalanishi;
oʻziga koʻrsatilgan xizmatlar uchun haqni oʻz vaqtida toʻlashi;
ish sifatini pasaytirishga yoki telekommunikatsiyalar tarmoqlarini shikastlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmasligi shart.
Foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
