26-modda. Operatorlar va provayderlarning huquqlari
Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida (O‘RQ-1015-son) · Sana: 27.12.2024 · Amalda
Operatorlar va provayderlar quyidagi huquqlarga ega:
foydalanuvchilarga telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatish;
foydalanuvchilarning muayyan guruhiga yoki maʼlum cheklangan hududda alohida tarif rejalarini va imtiyozlarni taqdim etish;
foydalanuvchilar telekommunikatsiyalardan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzgan taqdirda ularga xizmat koʻrsatishni toʻxtatish;
yuridik va jismoniy shaxslardan ularning aybi bilan yuzaga kelgan zararlarning oʻrni qoplanishini talab qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning qonunga xilof harakatlari ustidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilish;
davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi telekommunikatsiyalar xizmatlari bozoriga asossiz aralashishi, erkin bozor munosabatlariga va raqobatga toʻsqinlik qilishi ustidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilish hamda oʻz manfaatlarini himoya qilish.
Operatorlar va provayderlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
