8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining temir yoʻl transporti sohasidagi vakolatlari
Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida (O‘RQ-1006-son) · Sana: 27.11.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
temir yoʻl transporti sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
temir yoʻl transporti sohasini rivojlantirish, texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish dasturlarini tasdiqlaydi;
foydalanuvchilarining manfaatlarini inobatga olgan holda, temir yoʻl transporti sohasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini va boshqa dasturlarni, konsepsiyalarni va strategiyalarni, kompleks yechimlarni ishlab chiqadi, kelishadi hamda ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlash choralarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
temir yoʻl transporti sohasida oʻz vakolatlari doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
vagonlar (konteynerlar) operatorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona reyestrini yuritadi;
temir yoʻl transportida yuklarni tashish qoidalarini tasdiqlaydi;
temir yoʻl transportidan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini tasdiqlaydi;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasidagi vakolatli tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan temir yoʻl transporti tariflari boʻyicha takliflar kiritadi;
temir yoʻl transporti sohasidagi litsenziyalashni, ruxsat berish tartib-taomillarini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
