40-modda. Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarni qurish va ulardan foydalanish
Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida (O‘RQ-1006-son) · Sana: 27.11.2024 · Amalda
Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarni qurish va umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashtirish, ularni foydalanish uchun ochish, shuningdek umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transportining harakatdagi tarkibini umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllardan foydalanish tartibi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari bilan belgilanadi. Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarning mulkdorlari va umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalari va (yoki) infratuzilma operatori, tashuvchi oʻrtasidagi munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi.
