Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida (O‘RQ-1006-son) · Sana: 27.11.2024 · Amalda
Davlat tomonidan tartibga solinadigan tariflar boʻyicha yoʻlovchilarni tashishdan koʻrilgan zararning oʻrni toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ichki qatnovlarda temir yoʻl transportida yuklarni tashish tariflariga chegirmalar berilmaydi.
Xalqaro qatnovlarda umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida yuklarni tashish tariflariga chegirmalar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan zararlarning oʻrnini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-7239390
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 30-modda. Tashuvchining zararlari oʻrnini qoplash Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida (O‘RQ-1006-son). neolex.uz/uz/laws/law-7239400/30 (lex.uz/docs/-7239390)