48-modda. Hukumatga kredit berish
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Kreditlar hukumatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan va bir yil ichida qiymati toʻlanadigan aktivlar garovga qoʻyilishi sharti bilan beriladi.
Kredit berish hukumat va Markaziy bank oʻrtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, toʻlanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi.
Markaziy bank hukumatga obuna boʻyicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga aʼzoligidan kelib chiquvchi boshqa toʻlovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli.
Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlaridan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas.
