47-modda. Fiskal agentning vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlarda ish tutib, Oʻzbekiston Respublikasi va davlat organlarining fiskal agenti sifatida:
Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari chiqargan qarz majburiyatlarini joylashtirish, bu joylashtirishlarni roʻyxatga olish va ularni topshirishda agent rolini bajarish;
koʻrsatib oʻtilgan qimmatli qogʻozlarning qiymatini, ular boʻyicha foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash;
koʻrsatib oʻtilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobvaraqlari yuritish va ularga doir toʻlov operatsiyalarini bajarish;
koʻrsatib oʻtilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish borasida faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Markaziy bank Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qogʻozlarini chiqarish va davlat qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga taʼsiri va monetar siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi.
