21-modda. Markaziy bank Raisini egallab turgan lavozimidan ozod qilish uchun asoslar
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Markaziy bank Raisi quyidagi asoslar boʻyicha:
vakolat muddati tugaganida;
isteʼfoga chiqishni soʻrab, sabablarini koʻrsatgan holda yozgan shaxsiy arizasiga koʻra;
jinoyat sodir qilishda qonunda belgilangan tartibda aybdor deb topilganda;
oʻzining xizmat vazifalarini salomatligiga koʻra bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida;
egallab turgan lavozimiga munosib boʻlmagan xatti-harakatlar qilganida, shu jumladan ushbu Qonunni qoʻpol ravishda buzganida va Markaziy bank manfaatlariga katta zarar yetkazganida egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Markaziy bank Raisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
