20-modda. Markaziy bank Raisi
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Markaziy bank Raisi:
Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar boʻladi;
Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, ushbu Qonunga binoan Boshqaruv vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;
Boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqaradi;
Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha Markaziy bank nomidan ish koʻradi;
ayrim masalalarni hal qilishni oʻzining oʻrinbosarlariga, markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning rahbarlariga topshiradi.
Markaziy bank Raisining vakolat muddati — besh yil.
Markaziy bank Raisi boʻlmagan paytda uning vazifalarini oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
