40-modda. Ombudsmanning inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (O‘RQ-1002-son) · Sana: 15.11.2024 · Amalda
Ombudsman inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlib kirishga, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy institutlar bilan hamkorlikni amalga oshirishga hamda rivojlantirishga haqli.
Ombudsman Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalari bajarilishi toʻgʻrisida inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy institutlarning xabardorligini oshirishga koʻmaklashadi.
Ombudsman Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishiga doir maʼruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi.
