39-modda. Ombudsmanning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (O‘RQ-1002-son) · Sana: 15.11.2024 · Amalda
Ombudsman mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va boshqa dasturlarni, shuningdek inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni oʻz vazifalari doirasida amalga oshiradi.
Ombudsman oʻzi tomonidan shakllantiriladigan ishchi guruhlar va ekspertlar guruhlari, komissiyalar hamda boshqa jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Ombudsman inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalar yuzasidan fuqarolik jamiyati institutlari bilan axborot almashinuvini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ombudsman fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazishi, shuningdek ular bilan bitimlar tuzishi mumkin.
