25-modda. Ombudsman tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (O‘RQ-1002-son) · Sana: 15.11.2024 · Amalda
Ombudsmanga murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxs, shuningdek Ombudsman tomonidan axborot toʻplash va uni tahlil qilish yoki ekspert bahosini berish topshirilgan shaxslar bunday harakat uchun taʼqib qilinishi yoki ularning huquqlari boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Ombudsman tomonidan murojaatlar koʻrib chiqilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga, shuningdek yuridik shaxslarning mulk shakllari, joylashgan yeri (pochta yoki elektron manzili), tashkiliy-huquqiy shakllariga va boshqa holatlarga qarab kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollari tekshirilayotganda maʼlum boʻlib qolgan, murojaat etuvchining va boshqa shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlar ularning roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas.
