38-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni rekognossirovka qilish ishlari
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Har qanday vakolatli shaxs, basharti u Yer qaʼridan foydalanish markazini xabardor qilsa hamda oʻz nomi va manzilini roʻyxatdan oʻtkazsa, shuningdek u rekognossirovka qilish ishlari amalga oshirilishini taklif etayotgan uchastkaning tavsifini va joylashgan yerini taqdim etsa, bunday shaxs biror-bir kadastr kvadratida qattiq holdagi foydali qazilmalarni rekognossirovka qilish ishlarini ruxsatnomasiz amalga oshirishi mumkin, bundan mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari mustasno.
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni rekognossirovka qilish ishlarini amalga oshirish chogʻida yer qaʼrining yaxlitligini buzish taqiqlanadi hamda rekognossirovka qilish ishlari amalga oshirilishini taklif etayotgan biror bir shaxs zarur boʻlganda yer uchastkasiga kirish uchun yerga egalik qiluvchining, yerdan foydalanuvchining yoki yer uchastkasi mulkdorining ruxsatnomasini olishi kerak.
