168-modda. Oʻtish qoidalari
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar boshlangan jarayonlar oʻsha paytda yer qaʼri toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq quyidagi tartibda tugallanishi lozim:
1) kadastr kvadratlari tizimini yaratish uchun besh yil ajratiladi;
2) ushbu moddaning qoidalari inobatga olingan holda, yer qaʼridan foydalanishga doir faoliyatni tartibga soluvchi mavjud ruxsatnomalar, mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi kelishuvlar va investitsiya kelishuvlari oʻz kuchida qoladi hamda oʻzida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bajarilishi lozim;
3) barcha ruxsatnomalar, shuningdek kadastr kvadratlari tizimi yaratilguniga qadar tuzilgan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi kelishuvlar yoki investitsiya kelishuvlari mavjud tizim doirasida beriladi;
4) ushbu Qonun kuchga kirgan kunga qadar yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilgan, shuningdek oʻziga nisbatan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisida kelishuvlar yoki investitsiya kelishuvlari tuzilgan barcha yer qaʼri uchastkalari uchun yer uchastkalarining avvalgi mavjud chegaralari oʻz kuchini saqlab qoladi. Bunday ruxsatnomalar yoki kelishuvlar doirasida band boʻlgan kadastr kvadratlari ochiq kvadratlar deb hisoblanmaydi. Bunday ruxsatnomalar, mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi kelishuvlar yoki investitsiya kelishuvlari Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan kadastr kvadratlari tizimi yaratilganidan keyin bunday ruxsatnomalarning amal qilishi birinchi marta qayta uzaytirilayotganda kadastr kvadratlari tizimiga oʻtkaziladi;
5) Yer qaʼridan foydalanish markazi amaldagi ruxsatnomalarni shunday ruxsatnomalar qayta rasmiylashtirilguniga qadar yer qaʼridan foydalanuvchining roziligi bilan kadastr tizimiga oʻtkazishi mumkin;
6) yer qaʼridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron savdo maydonchalariga joylashtirilgan yer qaʼri uchastkalarining hududi va ularning geometrik shakli auksion oʻtkazilgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq saqlanib qoladi hamda unga asosan tegishli ruxsatnomalar beriladi;
7) ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar ruxsatnomalar olishga doir berilgan arizalar ular berilgan kunda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi va rasmiylashtiriladi;
8) geologiya-qidiruv ishlari uchun imzoli bonus toʻlangan yer qaʼri uchastkasiga geologik jihatdan oʻrganish uchun ilgari berilgan tegishli ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar yer qaʼri uchastkasidan geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanganlik uchun litsenziya toʻlovi undirilmaydi;
