120-modda. Oltin izlovchilar usulida qazib olish ishlarini amalga oshirish
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar ruxsatnomada nazarda tutilgan shartlarga rioya etishi shart. Oltin izlovchilar usulida qazib olish ishlari, shu jumladan ochish ishlari, qum va tuproqni yuvish ishlari va bu bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlar qoʻlda bajariladi yoki kam quvvatli asbob-uskunalar qoʻllanilgan holda olib boriladi.
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchidan oʻz yer qaʼri uchastkalari uchun oltin izlovchilar usulida qazib olish loyihasini ishlab chiqish yoki uni boshqacha tarzda kelishish va tasdiqlashdan oʻtkazish talab etilmaydi.
Yer qaʼridan foydalanuvchi oltin izlovchilar usulida qazib olishni amalga oshirayotganda quyidagilarga haqli:
1) yer qaʼridan foydalanuvchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, oʻn tonnadan ortiq boʻlmagan yuk koʻtarish quvvatiga ega bitta yuk mashinasi, burgʻilash uskunasi, choʻmichining hajmi jami ikki kub metrdan koʻp boʻlmagan ekskavator va (yoki) buldozer tarzidagi mexanizatsiya vositalaridan foydalanishga;
2) oltin izlovchilar usulida qazib olishni (yer osti kon qazishmalarini qazib bormasdan) quyidagi xavfsiz (yoʻl qoʻyiladigan) chuqurlikkacha amalga oshirishga:
a) sochma uchastkalarda — yer osti kon qazishmalarini qazib bormagan holda tub togʻ jinslariga qadar;
b) tub togʻ jinslari uchastkalarida — ikki metr chuqurlikkacha. Agar togʻ-kon lahmlari zinasimon shaklga ega boʻlsa, bu holda olti metrgacha boʻlgan umumiy chuqurlikka yoʻl qoʻyiladi. Bunda har bir zinaning balandligi ikki metrdan oshmasligi, eni esa yarim metrdan oshmasligi kerak;
3) qimmatbaho metallarni ajratib olishning faqat rudani maydalash va gravitatsiya usulini qoʻllashga.
Suv fondi va suv obyektlari yerlarida oltin izlovchilar usulida qazib olish faqat qoʻlda amalga oshirilishi kerak.
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi:
1) oltin izlovchilar usulida qazib olish ishlari jarayonida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilishi va ularni kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishi;
2) mexanizatsiya vositalaridan foydalanishga doir ushbu moddada nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishi shart.
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
