“261-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini cheklash
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-976-son) · Sana: 17.10.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holatning amal qilish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish nazarda tutilishi mumkin”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi 706-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 574-modda) 12-moddasining yettinchi qismidagi “Qonunchilik palatasiga” degan soʻzlar “Senatiga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-682-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 288-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 788-modda, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 8, 629-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 36-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga nisbatan — tegishli xalq deputatlari Kengashi raisi;
viloyat, tuman va shahar hokimining qarorlariga nisbatan — tegishli hokim tomonidan imzolash orqali amalga oshiriladi”;
2) 39-moddaning toʻrtinchi qismi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi” degan soʻzlardan keyin “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
