258-modda. Kengash tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-976-son) · Sana: 17.10.2024 · Amalda
Kengash tekshiruvini oʻtkazish uchun Kengash deputatlari orasidan Kengash tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tuziladi.
Komissiya Kengash tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni komissiya ishiga jalb etishga;
davlat organlari va tashkilotlaridan, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga;
davlat organlari va tashkilotlarining, nodavlat tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilishga.
Kengash tekshiruvi natijalariga koʻra komissiyaning yakuniy hisoboti tayyorlanib, u Kengash sessiyasida koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi”;
27) 26-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qonunchilik normalariga muvofiq boʻlmagan qarorlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan bekor qilinadi.
Hokim xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida Kengashga tegishli taqdimnoma kiritadi, bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlgan qarorlar mustasno. Kengash hokimning taqdimnomasini bir oylik muddatda koʻrib chiqib, Kengash qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan hokimning taqdimnomasi qanoatlantirilmagan taqdirda, hokim Kengashning tegishli qarorini bekor qilish toʻgʻrisida yuqori turuvchi Kengashga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yoki sudga murojaat qilishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan bekor qilingan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlari oʻzining amal qilishini tugatadi.
