“32-modda. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”;
Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-957-son) · Sana: 07.09.2024 · Amalda
birinchi qismidagi “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining” degan soʻzlar “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini” degan soʻzlar “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 37-moddaning matnidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” degan soʻzlar “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 538-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 101-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 3-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“kompleks davlat akkreditatsiyasi — oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlimni va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalariga asoslangan jarayon;
maxsus davlat akkreditatsiyasi — oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlimni va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin amalga oshiriladigan jarayon”;
