26-modda. Ishonchli vakillar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida (990-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Kuchini yo'qotgan
Oliy Majlis deputatligiga nomzod besh nafarga qadar ishonchli vakilga ega boʻlishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar.
Deputatlikka nomzod roʻyxatga olingandan keyin oʻz ishonchli vakillarini oʻzi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga maʼlum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni roʻyxatga olib, ularga guvohnoma beradi.
Oliy Majlis deputatligiga nomzod okrug saylov komissiyasiga maʼlum qilgan holda saylovga qadar oʻz ishonchli vakilini istagan vaqtida vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istagan vaqtida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
Ishonchli vakil saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
