Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida (990-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Kuchini yo'qotgan
Uchastka saylov komissiyasini okrug saylov komissiyasi tuzadi. Uchastka saylov komissiyasi saylov tayinlangandan keyin ellik kundan kechikmay 5—19 nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Basharti komissiya 7 nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini idora rahbari amalga oshiradi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-70557
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 14-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida (990-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-70553/14 (lex.uz/docs/-70557)