13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida (990-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Kuchini yo'qotgan
Okrug saylov komissiyasi:
1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi;
2) saylov uchastkalari tuzadi, okrug boʻyicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyxatini eʼlon qiladi;
3) uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
4) mablagʻlarni uchastka saylov komissiyalari oʻrtasida taqsimlaydi, uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi va saylov okrugida saylovni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi;
4-1) deputatlikka nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo toʻplashga oid imzo varaqalarini saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillaridan qabul qilib oladi, ularning toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiradi;
4-2) deputatlikka nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari qabul qilinganligi toʻgʻrisida saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillariga varaqa qabul qilingan kun qayd etilgan maʼlumotnoma beradi;
5) deputatlikka nomzodlar saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoit yaratilishini taʼminlaydi;
6) Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi va bu nomzodlarga tegishli guvohnomalar beradi;
7) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
8) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
9) siyosiy partiyalar, davlat hokimiyati mahalliy organlari vakillarining, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
10) saylovchilar roʻyxatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
11) saylov okrugi boʻyicha Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan namunaga muvofiq saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi, byulletenlar tayyorlanishi va uchastka saylov komissiyalari ular bilan taʼminlanishini tashkil etadi;
12) saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
