47-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasi
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Shaxs probatsiya hisobiga qoʻyilgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasi xodimi va mutaxassis-psixolog tomonidan probatsiya nazoratidagi shaxsning oʻziga xos alohida belgilarini, ruhiy xususiyatlarini hamda xulq-atvorini baholash natijalari asosida uning individual ijtimoiy-psixologik qiyofasi tuziladi.
Probatsiya nazoratidagi shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasida shaxsga doir maʼlumotlar, shu jumladan shaxsga doir maxsus maʼlumotlar aks ettiriladi.
Probatsiya nazoratidagi shaxs mutaxassis-psixolog tomonidan har uch oyda bir marta suhbatdan oʻtkazilib, suhbat natijalariga koʻra probatsiya nazoratidagi shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Probatsiya nazoratidagi shaxsning ijtimoiy-psixologik qiyofasidagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasi xodimi va mutaxassis-psixolog shaxsan javobgar boʻladi.
