28-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarning majburiyatlari
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Probatsiya nazoratidagi shaxslar:
sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga, jazoni oʻtash shartlari hamda tartibiga rioya etishi;
probatsiya xizmati xodimlarining qonuniy talablarini bajarishi;
ijtimoiy moslashtirish dasturida va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etishi;
majburiy va profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtishi, shuningdek mastlik va tan jarohati yetkazilganligi holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan yoki ekspertizadan oʻtishi;
elektron kuzatuv vositasini (elektron brasletni) yechmasligi va uning but saqlanishini taʼminlashi shart.
Probatsiya nazoratidagi shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
