27-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquqlari
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Probatsiya nazoratidagi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
belgilangan taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar haqida, jazoni oʻtash tartibi, probatsiya nazoratining shartlari hamda oʻz huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida axborot olish;
arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish;
probatsiya xizmati xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish;
sogʻligʻini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga koʻra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitlarda tibbiy yordam olish;
yordamning va maslahatlarning turlari toʻgʻrisidagi axborotni soʻrash hamda olish;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega boʻlish, dam olish, taʼtilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq olish;
ijtimoiy taʼminot olish, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish;
oʻziga nisbatan probatsiya xizmati xodimlarining xushmuomalada boʻlishi;
zarur hollarda, tarjimon xizmatidan foydalanish;
probatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan yordamni olish.
Probatsiya nazoratidagi shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
