15-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlarining va sogʻliqni saqlash muassasalarining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari:
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarini roʻyobga chiqarishda ishtirok etadi;
tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalarining yoʻllanmalari asosida probatsiya nazoratidagi shaxslarning tibbiy koʻriklarini oʻtkazadi, davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatadi;
probatsiya nazoratidagi shaxslarni psixoaktiv moddalar taʼsiridan mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida oʻziga nisbatan sogʻliqni saqlash muassasalarida majburiy davolanish tayinlangan probatsiya nazoratidagi shaxslarni davolash, profilaktika va dispanser kuzatuviga olish hamda tibbiy-ijtimoiy jihatdan reabilitatsiya qilishga doir faoliyatni amalga oshiradi;
narkologik kasalliklarga chalingan probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
probatsiya nazoratidagi shaxslar oʻrtasida sogʻlom turmush tarziga doir tushuntirish ishlarini va targʻibotni amalga oshiradi.
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
