14-modda. Mehnat organlarining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Mehnat organlari:
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarini roʻyobga chiqarishda ishtirok etadi;
ishga joylashishda koʻmak olish uchun murojaat etgan probatsiya nazoratidagi shaxslarni ishga joylashtirish yuzasidan choralar koʻradi;
ish qidirayotgan yoki ishsiz deb eʼtirof etilgan probatsiya nazoratidagi shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
probatsiya nazoratida turgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malaka oshirish davrida qonunchilikda belgilangan tartibda stipendiya toʻlaydi.
Mehnat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
