8-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida (431-XII-son) · Sana: 20.11.1991 · Amalda
Shahar posyolkalari turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yoʻl stansiyalari va boshqa xil muhim obyektlar yonida joylashgan va aholisi kamida 2 ming kishi boʻlib, ularning hech boʻlmaganda uchdan ikki qismini ishchilar, xizmatchilar va ularning oila aʼzolari tashkil qilgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Shahar posyolkalari turkumiga, shuningdek sanatoriy va dam olish uylari joylashgan, aholisining umumiy soni 2 ming kishidan kam boʻlmagan aholi punktlari ham kiritilishi mumkin. Lekin bu yerdagi sanatoriy va dam olish uylariga kelgan kishilarning soni shu aholi punktida doimiy yashab turgan aholining kamida 50 foizini tashkil etishi shart.
Alohida hollarda shahar posyolkalari turkumiga aholisi 2 ming kishidan kam, lekin 500 kishidan koʻp boʻlgan, juda muhim obyektlar yonida barpo etilgan aholi punktlari, shuningdek borish qiyin boʻlgan yerlarda joylashgan, iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanish va aholisining soni ortishi istiqboliga ega boʻlgan aholi punktlari ham kiritilishi mumkin.
Aholi punktini shahar posyolkalari turkumiga kiritish xalq deputatlari tegishli qishloq Soveti hamda nohiya Sovetlari rayosatlarining iltimoslari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari viloyat Sovetlari rayosatlari tomonidan amalga oshiriladi.
