7-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida (431-XII-son) · Sana: 20.11.1991 · Amalda
Nohiyaga boʻysunuvchi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari, kommunal xoʻjaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan sotsial-madaniy muassasalar tarmogʻi, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari boʻlgan, aholisi kamida 7 ming kishidan iborat boʻlib, ularning hech boʻlmaganda uchdan ikki qismini ishchilar, xizmatchilar va ularning oila aʼzolari tashkil qilgan shahar posyolkalari va boshqa aholi punktlari kiritilishi mumkin. Bunda aholi punktining maʼmuriy ahamiyati va kelgusida rivojlanish istiqbollari ham eʼtiborga olinmogʻi lozim.
Shahar posyolkalari va boshqa aholi punktlarini nohiyaga boʻysunuvchi shaharlar turkumiga kiritish va qaytadan tuzish xalq deputatlari tegishli posyolka, qishloq Soveti hamda nohiya va viloyat Sovetlari rayosatlarining iltimoslari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan amalga oshiriladi.
